Спорт курашлари бўйича жаҳон чемпионати шу йилнинг ўзида ўтказилади

Спорт курашлари бўйича жаҳон чемпионати шу йилнинг ўзида ўтказилади

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Ijroiya qoʻmitasi shu yil sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilishini maʼlum qildi.
UWW qabul qilgan qarorga koʻra, kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati 2020-yilning 12-20-dekabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boʻlib oʻtadi. Bu musobaqadan avvalroq, aniqrogʻi 4-10-dekabr kunlari oraligʻida aynan Belgrad oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatini ham qabul qiladi.
Ijroiya qoʻmita ikkita musobaqaning bir shaharda oʻtkazilishi koronavirus bilan kasallanish ehtimolini kamaytiradi, degan fikrni ilgari surmoqda. Shu sababdan ham oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatlari Serbiya poytaxtida oʻtkazilishi taʼminlandi.
2020-yilning qolgan qismi uchun taqvim:
Kadetlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati - 5-11-oktyabr, Polsha
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati - 19-25-oktyabr, Skope (Makedoniya)
23 yoshgacha kurashchilar oʻrtasidagi jahon chempionati - 23-29-noyabr, Tampere (Finlyandiya).
UWW Ijroiya qoʻmitasi xalqaro mavsum restarti uchun rejalarni ishlab chiqdi va tasdiqladi. Unda asosiy eʼtibor sportchilar va boshqa ishtirokchilarning sogʻligʻi hamda xavfsizligini taʼminlash, COVID-19 boʻyicha barcha chora-tadbirlarga amal qilish masalalariga qaratilgan. Musobaqaga yaqin mezbon davlatdagi koronavirus bilan bogʻliq holatga qarab qabul qilingan mezonlarga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Shuningdek, oʻtkaziladigan barcha turnirlar UWW qabul qilgan qoidalarga mos kelishi hamda musobaqa startidan ikki oy oldin tasdiqlanishi shart. Jahon va qitʼa chempionatlarida 10 tadan kamida 8 ta kuchli jamoalarning ishtiroki taʼminlanishi hamda oʻtgan yilgi umumiy qatnashchilar soni 70 foizdan kam boʻlmasligi shart.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar

YOPISH